Yalla ansambli - O’zbek choyxonasi qo`shiq matni
Shahrim gulxona bo`lsa,
Janon choyxona bo`lsa,
Peshtoqlari naqshinkor
Tillo koshona bo`lsa.
Dutor, tanbur yangrasa,
Ko`ngillar teng anglasa,
Toshkent piyolasida
Ko`k choy sharqona bo`lsa. {x2}
Yelkasida oq sochiq,
Qalbi oftobday ochiq,
Choyxonachi choyxo`rga
Gir-gir parvona bo`lsa. {x3}
Chin ulfatlar yig`ilsa,
Shirin suhbatlar qilsa,
Tinchlik bergan rohatdan
Gaplar do`stona bo`lsa. {x2}
Yelkasida oq sochiq,
Qalbi oftobday ochiq,
Choyxonachi choyxo`rga
Gir-gir parvona bo`lsa. {x3}
Damlansa palov, oshlar,
Havas qilsa qardoshlar,
Choyxonaning ta`rifi
Har yon afsona bo`lsa. {x2}
Yelkasida oq sochiq,
Qalbi oftobday ochiq,
Choyxonachi choyxo`rga
Gir-gir parvona bo`lsa. (x2)
Gir-gir parvona bo`lsa. (x2)
Xush kelibsiz mehmonlar,
Bizning Toshkent tomonlar.
Samarqandu Buxoro
Bo`lmish tilda dostonlar. {x2}
Yelkasida oq sochiq,
Qalbi oftobday ochiq,
Choyxonachi choyxo`rga
Gir-gir parvona bo`lsa. {x3}