Yalla guruhi - Toshkentim onam qo`shiq matni

Bu gulshan soz ekan, soz,
Ustiga soz etgani keldik.
Bu gulshan nomi O`zbekistondir,
Seni kuylab, sarafroz etgani keldik.

Buncha yaxshi bo`lmasang, (x2)
Toshkanim – onam, (x3)
Seni bir pas ko`rmasam,
Ko`zlarimda nam.

Kimsan o`zing, nimasan, (x2)
Sehrgarmisan? (x3)
Bunchalar qiynamasang,
Zulfizarmisan?

Yurolmadim yiroqda
Seni sog`inib,
Bamisoli firoqda
Yonib, oh urib.

Bamisoli firoqda
Yonib, oh urib.

Sensiz xayolim, holim, (x2)
Parokandadir. (x3)
Qayda bo`lsam xayolim,
Ko`nglim sendadir.

Buncha yaxshi bo`lmasang, (x2)
Toshkanim – onam, (x3)
Seni bir on ko`rmasam,
Ko`zlarimda nam.

Yurolmadim yiroqda
Seni sog`inib,
Bamisoli firoqda
Yonib, oh urib.

Bamisoli firoqda
Yonib, oh urib.

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]