Yodgor Mirzajonov - Ayol qo`shiq matni
Sokin tunlar uyg`onar cho`chib,
Dildan umid shamlari o`chib,
Orzu qilar beshigin quchib,
Yaratganga yolvorib zor-zor,
Farzand so`rab yig`laydi ayol.
Ko`kka boqar ko`zi mo`ltirab,
Dunyo emas, bir tirnoq tilab,
Qo`g`irchoqning boshin silab,
Oqshomlari, tunlari bedor,
Farzand so`rab yig`laydi ayol.
Farzand so`rab yig`laydi ayol.
Jismi-joni butun bir xasta,
Bo`m-bo`sh beshik tebranar asta,
Ming bir orzu ila havasda,
Farzand so`rab yig`laydi ayol.
Boshdan tushib shoyi ro`moli,
Yer mushtlaydi tang bo`lib holi,
Ovutolmay ovora yori,
Farzand so`rab yig`laydi ayol.
Farzand deya boshi egik-xam,
Qor yog`dirdi sochlariga g`am,
Ey-voh, hatto tushlarida ham
Yurak-bag`ri ezilib nogoh,
Farzand so`rab yig`laydi ayol.
Ko`kka boqar ko`zi mo`ltirab,
Dunyo emas, bir tirnoq tilab,
Qo`g`irchoqning boshin silab,
Oqshomlari, tunlari bedor,
Farzand so`rab yig`laydi ayol.
Tutib jajji barmoqlaridan,
Tangri bergan sinovlaridan,
Nur yog`ilsin yanoqlaridan,
Farzand ko`rib, baxt topsin ayol.
Farzand ko`rib, baxt topsin ayol. (x2)
Allasini kuylasin ayol.