Yodgor Mirzajonov - Devona bo’ldim qo`shiq matni

Qadam bosib, gulshan tomon ravona bo`ldim,
Gulshanda oy yuzing ko`rib devona bo`ldim. (x2)

Gulshan gullarida dona-dona saralab,
Boqding yor qayrilib, o`zdan begona bo`ldim. (x2)

Qadam bosib, gulshan tomon ravona bo`ldim,
Gulshanda oy yuzing ko`rib devona bo`ldim.

Devona bo`ldim, o`zdan begona bo`ldim,
Devona bo`ldim, o`zdan begona bo`ldim.

Tim qora qoshlaring qaldirg`och qanotidek, (x2)
Husning shu`lasidan, oh, qalbim yona bo`ldim. (x2)

Izingdan izma-iz yurib manzilga yetmam,
Yo`limni yo`qotib, zor ming sarsona bo`ldim. {x2}

Qadam bosib, gulshan tomon ravona bo`ldim,
Gulshanda oy yuzing ko`rib devona bo`ldim.

Devona bo`ldim, o`zdan begona bo`ldim,
Devona bo`ldim, o`zdan begona bo`ldim.

Kechalari bedor bo`lib, oyga boqarman,
Oyda ko`rib asling sening, hayrona bo`ldim,
Hayrona bo`ldim.

Dilga ishqing o`ti tushib, qoldim o`zgarib,
Vaslingga termulib, netay parvona bo`ldim,
Parvona bo`ldim

Dil ko`rmagan senday go`zal, ta`rifi g`azal, (x2)
Go`zalliging taqdir azal, giryona bo`ldim. (x2)

Qadam bosib, gulshan tomon ravona bo`ldim,
Gulshanda oy yuzing ko`rib devona bo`ldim. (x2)

Devona bo`ldim, o`zdan begona bo`ldim,
Devona bo`ldim, o`zdan begona bo`ldim.

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]