Yodgor Mirzajonov - Onalar qo`shiq matni

Bayramlar-u, to’yga to’lsin har xonalar,
Sho’xu shodon o’ynasin aziz onalar. (x2)
Ular borki, hayotimiz ma’nosi bor,
Baxtdan kulib, boshimizda parvonalar. (x2)

Ko’hlikkina, mehri cho’g’likkina,
Sho’xu shodon o’ynasin aziz onalar. (x2)

Bahor kabi yashnab ketar, kelsa agar,
Izlaridan har dam g’arib ostonalar.
Baxtu iqbol so’rab, yashar bizlar uchun,
Ular uchun bizdan bir sho’x taronalar. {x2}

Ko’hlikkina, mehri cho’g’likkina,
Sho’xu shodon o’ynasin aziz onalar. (x2)

Mo’tabarlik ko’rsin faqat hayotida,
Ona degan kunday yorug’ peshonalar. (x2)
Onalar mehrining hech qiyosi yo’q,
Tushunmaydi uni baxtdan begonalar.

Farzandlardan ular uchun sadqa bo’lsin
Toshkentmi yo Xorazmmi, Fargonalar.
Botirlardan ular uchun sadqa bo’lsin
Toshkentmi yo Xorazmmi, Fargonalar.

Ko’hlikkina, mehri cho’g’likkina,
Sho’xu shodon o’ynasin aziz onalar. (x3)
Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]