Yodgor Mirzajonov - Sen bilan qo`shiq matni

Muhabbatning ham sahrosi, bog`lari bordir,
Ishq yo`llarin ravon bilma, tog`lari bordir.
Bir kam dunyo kamlaridan ranjima, erkam,
Hatto oyning yuzida ham dog`lari bordir. (x2)

Hijronidan, armonidan, ummonidan o`tamiz,
So`ngra biz go`zal baxtning visoliga yetamiz. (x2)
Sen bilan, sen bilan, sen bilan birga baxtli bo`lamiz,
Sen bilan, sen bilan, sen bilan birga baxtli bo`lamiz.

Sevgi sharti senday qoshu kamonlardamas,
Yoki dardi maning kabi yomonlardamas.
Chin muhabbat zaminda yo osmonlardamas,
Dilda uning rohatiyu ohlari bordir.

Hijronidan, armonidan, ummonidan o`tamiz,
So`ngra biz go`zal baxtning visoliga yetamiz. (x2)
Sen bilan, sen bilan, sen bilan birga baxtli bo`lamiz,
Sen bilan, sen bilan, sen bilan birga baxtli bo`lamiz.

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]