Yodgor Mirzajonov - Seni qizg`onaman qo`shiq matni
Seni qizg`onaman bahordan, kuzdan,
 Seni qizg`onaman kecha, kunduzdan. (x2)
 Qizg`onaman do`stdan, begonadan ham,
 Qizg`onaman shohu devonadan ham. (x2)
Seni qizg`onaman o`tli so`zlardan,
 Qizg`onaman barcha suqli ko`zlardan, (x2)
 Qizg`onaman seni yulduzdan, oydan,
 Har bir sohib sarkor, sohib chiroydan. (x2)
Garchi qo`lim yetmas, oramiz yiroq,
 Seni qizg`onaman hammadan biroq. (x2)
 Bilaman, visoling nasib etmas hech,
 Seni birovga ham bergim kelmas hech. (x2)
Seni qizg`onaman o`tli so`zlardan,
 Qizg`onaman barcha suqli ko`zlardan.
 Seni qizg`onaman o`tli so`zlardan,
 Qizg`onaman barcha suqli ko`zlardan.
Читать также 
				Комментарии (0)
				
