Yulduz Abdullayeva - Hay bola qo`shiq matni

Hay, bola-bola, hay, bola-bola,
Bola-bola bog’dan keling,
Yolg’izoyoq yo’ldan keling.
Hamsoyaning fe’li yomon,
Peshindamas, oqshom soat o’nda keling,
Kunda keling.

Hay, bola-bola, hay, bola-bola,
Bola-bola bog’dan keling,
Chapdan emas, o’ngdan keling.
Hamsoyaning fe’li yomon,
Peshindamas, oqshom soat o’nda keling,
Kunda keling.

(Bola-bola… Bola-bola… Bola-bola…)

Yo’llarimda oshiqlar qancha-qanchadan,
Ko’ylagimning yoqalari tumorchadan.
Hay, bola-bola, kelsalar ot o’ynatib,
O’zim aylanayin o’shal boyvachchadan,
O’zima o’rgilayin o’shal boyvachchadan.

Hay, bola-bola, hay, bola-bola,
Bola-bola bog’dan keling,
Yolg’izoyoq yo’ldan keling.
Qo’shni yigit fe’li yomon,
Peshindamas, oqshom soat o’nda keling,
Tunda keling.

Hay, bola-bola, oramizdan qil o’tmasin,
Ko’ngil ishi nozik bo’lar, darz ketmasin.
Ogoh bo’lib hamsoyalar gap-so’zidan,
Oyda keling hech bo’lmasa, yil o’tmasin. {x2}

Hay, bola-bola, hay, bola-bola,
Bola-bola bog’dan keling,
Yolg’izoyoq yo’ldan keling.
Hamsoyaning fe’li yomon,
Peshindamas, oqshom soat o’nda keling,
Kunda keling.

(Bola-bola… Bola-bola… Bola-bola…
Tunda keling)
Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]