Yulduz Usmonova - Aytinglar qo`shiq matni

G`irot mingan Go`rog`li
Bobom qani, aytinglar,
Qo`ng`irotlik Alpomish
Og`am qani, aytinglar.

Tustovuqday tovlangan-ey
Olam qani, aytinglar.
Qo`lda kiyik ovlagan-ey
Dalam qani, aytinglar. (x2)

Aytinglar-o, aytinglar,
Malham qani, aytinglar. (x2)
Dardim aytsam, tushungan-ey,
Odam qani, aytinglar. (x2)

Kokillari yer o`pgan
Sanam qani, aytinglar.
Kuyib ketgan jonimga-yey
Malham qani, aytinglar.

Ko`nglim gulday ezilib-o,
Ko`zimga yosh to`lyabdi.
Eh, quyoshga osilib-o,
Botib ketgim kelyabdi. (x2)

Aytinglar-o, aytinglar,
Malham qani, aytinglar. (x2)
Dardim aytsam, tushungan-ey,
Odam qani, aytinglar. (x2)

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]