Yulduz Usmonova - Begonaman qo`shiq matni

Bu oqshom bizlarga
Havas qilishgay nechalar,
Taqdir sirlarin bilishib
Kutadi kechalar.

Doim birga, birga bo`ling,
Umrbod yonimda qoling, sevgilimsiz.
Mayli, boshqa shoxga qo`ning,
Lekin inga doim qayting, yo`ldoshimsiz.

Bu dunyoda ham devona, ham begonaman.
Bu dunyoda ham devona, ham begonaman. (x2)

Bir juft qushchalar
Hamnafas bo`lishgay qanchalar,
Nahot insonlar yorga
Yor bo`lolmas shunchalar?

Doim birga, birga bo`ling,
Umrbod yonimda qoling, sevgilimsiz.
Mayli, boshqa shoxga qo`ning,
Lekin inga doim qayting, yo`ldoshimsiz.

Bu dunyoda ham devona, ham begonaman.
Bu dunyoda ham devona, ham begonaman. (x2+x2)

Begona… Devona…

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]