Yulduz Usmonova - Burgutlar qo`shiq matni
Atrofimda na pastkash, na mard qoldi,
Yuragimda na orzu, na dard qoldi,
Tog`larga teng bardoshimdan gard qoldi,
Meni ko`kka olib uching, burgutlar. (x2)
Telba istak isyon qilar tanimda,
Bir dardkash yo`q, habibim yo`q yonimda,
Joy qolmagan mendaylarga zaminda,
Meni ko`kka olib uching, burgutlar.
Burgutlar, burgutlar,
Meni ko`kka olib uching, burgutlar, burgutlar. (x3)
Burgutlar, burgutlar,
Meni ko`kka olib uching, burgutlar.
Odil qushsiz, erkingizni sotmagan,
Mag`rur qushsiz, o`laksaga boqmagan,
Kim ham sizga havas qilib yonmagan,
Meni ko`kka olib uching, burgutlar. (x2)
Imkon bering, osmonni bir ko`rayin,
Moviy ko`kda zo`r mo`jiza tuyayin,
O`lsam, sizdek qush qo`lida o`layin,
Meni ko`kka olib uching, burgutlar.
Burgutlar, burgutlar,
Meni ko`kka olib uching, burgutlar, burgutlar. (x8)