Yulduz Usmonova - Dunyo qo`shiq matni

So`zim tingla, dunyo bir muddat,
Bunchalar ham ishlaring g`alat? (x2)
Yaxshilarni g`amlarga ko`mib,
Yomonlarga qilding muruvvat. (x2)

Dunyo, dunyo, bir kam dunyosan,
Kimni xo`rlab, kimni suyasan, yorug` dunyosan.
Dunyo, dunyo, nohaq dunyosan,
Qadamingni qandoq qo`yasan, nohaq dunyosan.

Bo`lsa agar ko`zlaring ochiq,
Qilmishingga bir-bir boqib chiq. (x2)
Dunyo bo`lsang, keng bo`lgin dunyo,
Va barchaga teng bo`lgin, dunyo! (x2)

Dunyo, dunyo, bir kam dunyosan,
Kimni xo`rlab, kimni suyasan, yorug` dunyosan.
Dunyo, dunyo, bir kam dunyosan,
Qadamingni qandoq qo`yasan, yorug` dunyosan.

Nokaslarni bor qiladursan,
Kimki haq so`z – xor qiladursan. (x2)
Egrilarga eshmisan, so`zla,
Nechun g`alat kor qiladursan? (x2)

Dunyo, dunyo, bir kam dunyosan,
Tarozingni qanday qo`yasan, yorug` dunyosan.
Dunyo, dunyo, bir kam dunyosan,
Kimni xo`rlab, kimni suyasan, achchiq dunyosan.

Dunyo, dunyo, haqsiz dunyosan,
Qadamingni qandoq qo`yasan, nohaq dunyosan!

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]