Yulduz Usmonova - Muhabbat qo`shiq matni
Muhabbat bu – yalt etgan nigoh va halovat abad degani,
Muhabbat bu – o`zingni sevmoq va o`zgaga havas degani.
Hayot esa kelar izmidan, hayotingni kezsa tarzimdan,
Muhabbat bu – kuy to`la zindon, atirguldan qafas degani.
Soladi, boshlarga ko`p g`alvani oladi,
Tinching ham halovati qoladi.
Muhabbat tarixlarda, tegmanglar oshiqlarga. (x2)
Subhidamda kuylagan kabutar, esda turmas chiroyli gaplar,
Muhabbat bu – titragan lablar, arz degani, araz degani.
Tarixlarni buzgan qudrati, yorug`likdan uzgan sur`ati,
Muhabbat bu – baxtning surati, baxtning o`zi emas degani.
Soladi, boshlarga ko`p g`alvani oladi,
Tinching ham halovati qoladi.
Muhabbat tarixlarda, tegmanglar oshiqlarga. (x2)
Soladi, boshlarga ko`p g`alvani oladi,
Tinching ham halovati qoladi.
Muhabbat tarixlarda, tegmanglar oshiqlarga. (x2)