Скачать музыку и клип бесплатно » Текст песни (Qo'shiq matni) » Yulduz Usmonova - Muhabbat yolg’onlari qo`shiq matni

Yulduz Usmonova - Muhabbat yolg’onlari qo`shiq matni

Kunday yulduz erdim men,
Yor saylagan, gul suygan.
Oyga sevdim derdim men,
Endi esa dil kuygan. (x2)

Ko’nglimning armonlari,
Muhabbat yolg’onlari. (x2)
Yondiradi, kuydiradi,
Muhabbat yolg’onlari. (x2)

Meni gulga qo’l solib,
Topganim bo’ldi tikon.
Ne-ne ohular qolib,
O’pganim chiqdi ilon. (x2)

Jonimning xazonlari,
Muhabbat yolg’onlari. (x2)
Yondiradi, kuydiradi,
Muhabbat yolg’onlari. (x2)

To’le yordir alamga,
Baxtdan nechun darak yo’q?
Ko’ngil zordir malhamga,
Sevmoq uchun yurak yo’q. (x2)

Jilva qilib qoshimda,
Tag’in aldar dunyolar.
Bilmam mening boshimda,
Yana qanday savdolar.

Ruhimning tug’yonlari,
Muhabbat yolg’onlari.
Qalbimning fig’onlari,
Muhabbat yolg’onlari.

Yondiradi, kuydiradi,
Muhabbat yolg’onlari. (x4+x4)
Комментарии (1)
Махабат 07.12.21
Юлдуз Османова
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]