Скачать музыку и клип бесплатно » Текст песни (Qo'shiq matni) » Yulduz Usmonova - Musofirlik nonin yeganlar qo`shiq matni

Yulduz Usmonova - Musofirlik nonin yeganlar qo`shiq matni

Yuragida ne dard zarbi bor,
Olis yurtda yurganlar bedor,
Bo’lsin deya Alloh o’zi yor,
Yot yurtlarda risqin terganlar –
Musofirlik nonin yeganlar.

Qushday uchib asl bog’idan,
Goho kechib yo’g’u boridan,
Xavotirda uy-ro’zgo’ridan,
Jon qadrini shunda bilganlar –
Musofirlik nonin yeganlar.

Uzoq-uzoqlarda yurganlar,
Baxt va omadin izlaganlar,
O’z xalqidan uzoq bo’lganlar –
Musofirlik nonin yeganlar.

Uzoq-uzoqlarda yurganlar,
Uzoqda yurt qadrin bilganlar,
Yurar so’nggi pushaymon qadar
Musofirlik nonin yeganlar.

Mehnat qilib qahratonda ham,
Tinim bilmay saratonda ham,
To’ydim deya qora nonga ham,
Tishin tishga qo’yib kelganlar –
Musofirlik nonin yeganlar.

Har tong yashar orzu-havasda,
Tashvish tugamas har nafasda,
Bolam, deya bo’lsa ham xasta,
To’g’ri yo’l deb xato qilganlar –
Musofirlik nonin yeganlar.

Uzoq-uzoqlarda yurganlar,
Baxt va omadin izlaganlar,
O’z xalqidan uzoq qolganlar –
Musofirlik nonin yeganlar.
Uzoq-uzoqlarda yurganlar,
Uzoqda yurt qadrin bilganlar,
Yurar so’nggi pushaymon qadar
Musofirlik nonin yeganlar. (x3)
Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]