Yulduz Usmonova - O’zbekiston qo`shiq matni

Oq yo`rgakka o`ragansan o`zing bizni,
Oq yuvib, oq taragansan o`zing bizni,
Beshigimiz uzra bedor ona bo`lib,
Kunimizga yaragansan o`zing bizni.

Adoying bo`lgaymiz seni, O`zbekiston,
Hech kimga bermaymiz seni, O`zbekiston.
Fidoying bo`lgaymiz seni, O`zbekiston,
Hech kimga bermaymiz seni, O`zbekiston.

Qalqoningmiz, qasd qilsa kim gar joningga,
Alpomishlar ruhi yor har o`g`loningga.
Gulday o`pib asragaymiz ostonangni,
Yovlar yaqin yo`lolmagay qo`rg`oningga.

Adoying bo`lgaymiz seni, O`zbekiston,
Hech kimga bermaymiz seni, O`zbekiston.
Fidoying bo`lgaymiz seni, O`zbekiston,
Hech kimga bermaymiz seni, O`zbekiston.

Tuzing totib, unutganlar xor bo`ladi,
Ko`zlariga ikki dunyo tor bo`ladi,
Tinch kuningni ko`rolmagan yurtfurushlar
Bir kun bir kaft tuprog`ingga zor bo`ladi.

Adoying bo`lgaymiz seni, O`zbekiston,
Hech kimga bermaymiz seni, O`zbekiston.
Fidoying bo`lgaymiz seni, O`zbekiston,
Hech kimga bermaymiz seni, O`zbekiston.

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]