Yulduz Usmonova - Qalb qo`shiq matni

Yog`ayotgan yomg`ir – ko`z yoshim,
To`lin oydir yolg`iz sirdoshim,
Bir yelka yo`q qo`ymoqqa boshim,
Hijronli tun bo`ldi yo`ldoshim.
Bir yelka yo`q qoymoqqa boshim.

Tangrim bergan baxtdan ko`ngil to`q,
O`zi balki dardsiz inson yo`q,
Qalblarga hijrondan tegar o`q,
Sevishni xohlayman – ishonch yo`q.
Tangrim bergan baxtdan ko`ngil to`q.

Soladi, soladi dilga azoblar,
Qoladi ortimda tunlar, ishoning. (x2)

Ko`ngillarda mehmon muhabbat,
Nega ko`ngil bezovta faqat?
Bahor qaytdi, balki qaytar baxt?
Yashayabman, topaman albat.
O, ko`ngil, sen qarima faqat.

Yog`ayotgan yomg`ir – ko`z yoshim,
To`lin oydir yolg`iz sirdoshim,
Bir yelka yo`q qo`ymoqqa boshim,
Hijronli tun bo`ldi yo`ldoshim.
Bir yelka yo`q qoymoqqa boshim.

Soladi, soladi dilga azoblar,
Qoladi ortimda tunlar, ishoning. (x2)

Soladi, soladi dilga azoblar,
Qoladi ortimda tunlar, ishoning. (x4)
Soladi dilga azoblar. (x3)

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]