Yulduz Usmonova - So’roq qilaverma qo`shiq matni
So`roq qilaverma bosgan qadamim,
Toptayverma g`ayur ko`ngil chamanim.
Menga hokim faqat Ollohu Karim,
Senga nima kulsammi yo yig`lasam? (x2)
Kaftingga to`kilmas ko`zimdagi yosh,
Men ko`ngil quliman, olovman bebosh.
Boshingga tushmaydi menga yoqqan tosh,
Panoh bo`lmaysanku panoh izlasam. (x2)
Tegma meni, suyma meni,
O`z holimga qo`y meni.
Tegma meni, suyma meni,
O`z holimga qo`y meni. (x2)
Bu til menikidir xohlaganin der,
Gunoh-savobimni menga qo`yib ber.
Senda gunoh yo`qmi, bor tavbangni qil,
Menga osilmasdan sen o`zingni bil. (x2)
Istasam ko`nglimni soyga otaman,
Istasam oy bo`lib yerga botaman.
Unutma, men ham bir ojiz bandaman,
Farishta bo`lardim gunoh qilmasam. (x2)
Tegma meni, suyma meni,
O`z holimga qo`y meni.
Tegma meni, suyma meni,
O`z holimga qo`y meni. (x2+x2)