Скачать музыку и клип бесплатно » Текст песни (Qo'shiq matni) » Yulduz Usmonova - Yolg’iz ona yor-yori qo`shiq matni

Yulduz Usmonova - Yolg’iz ona yor-yori qo`shiq matni

Biz kutgan gul bugun-erta gul ochyabdi
Ko`rib keting bu oqshom.
U gulga men to`y qlyabman,
To`ylariga kelib-keting bu oqshom. (x2)

Ne kunlarni boshga solib,
Tashlab ketdiz bildirmadim.
Yostig`imga yig`laganim,
Qiynalganim bildirmadim bolamga.

O`zim uchun so`ramayman,
Sizdan uzr tilamayman,
Lek gulimning ko`ngli nozik,
To`ylariga kelib-keting bu oqshom. (x2)

Otang nomard deyolmadim,
Seni sevar degan edim bolamga.
Bir kun qarib qolsa otang
E`zozlarsan degan edim bolamga. (x2)

Har gulning hidi boshqadir,
U xatolar menikidir,
Lek otaning o`rni boshqa,
Gulimizga duo qiling bu oqshom.

O`zim uchun so`ramayman,
Sizdan uzr tilamayman,
Lek gulimning ko`ngli nozik,
To`ylariga kelib-keting bu oqshom. (x2)

Hay-hay o`lan, jon o`lan,
Kelin ketar, yor-yor,
Ota duosiga zor-zor
Yig`lab ketar, yor-yor.

Hay-hay o`lan, jon o`lan,
To`y qilyabman, yor-yor,
Bog`imizdan bog`bon bugun
Gulni uzdi, yor-yor.

Hay-hay o`lan, jon o`lan
O`lanchi qiz, yor-yor,
Qizimizga duoni men
O`zim berdim, yor-yor.

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]