Zamir - Hayronman qo`shiq matni

Yuragimdagi holatim sevgi,
Nahotki oshiqligim sezmaysan?
Bu olov meni yondiradi
Ayamay, to`xtamay.

Xayolimni o`g`irladi so`ramay,
Ayni damda uni topolmay hayronman,
Har kun hayronman.
Vaslingni topolmay hajringda olovman,
Dardimni bilmaysan, dardimni bilmaysan.

Hayronman, ko`ngli vayronman,
Beparvo ko`zi jayronsan.
Bedorman, seni o`ylayman,
Bilmaysan, dardim bilmaysan.

Sevgilim mani, nozli dilbarim,
Ohu ko`zlaring unutmayman.
Yon atrofimda manzara qara,
Seni hech kimga o`xshatmayman.

Xayolimni o`g`irladi so`ramay,
Ayni damda uni topolmay hayronman,
Har kun hayronman.
Vaslingni topolmay hajringda olovman,
Dardimni bilmaysan, dardimni bilmaysan.

Hayronman, ko`ngli vayronman,
Beparvo ko`zi jayronsan.
Bedorman, seni o`ylayman,
Bilmaysan, dardim bilmaysan.

Vaslingni topolmay hajringda olovman,
Dardimni bilmaysan, dardimni bilmaysan.

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]