Zamir - Yoqimtoyim qo`shiq matni

Bir o`zim bo`linib to`rt taraf,
Seni izlash mashg`ulotim,
Janubdamisan yo shimolda?
Hayron egilib yo`l qarab,
Mahzun etdi iztirobim,
Nasib etarmisan menga so`zlari gulobim.

Sening yoqimli nigohlaringni
Sog`indim, sog`indim.
O`sha sehrli qarashlaringni sog`indim,
E`tibor bilan tingla faryodim.

Oymomo, jonim bo`l, mayli ko`ray tunda,
Ay-yay-yay, termulay uxlamay.
So`zlari shirin, yoqimli yoqimtoyim,
Oy-yoy-yoy deb shunday erkalay. (x2)

Bir, ikki, uch, to`rt, besh qadam,
Diydoringni sog`indim biram,
Salom demay xayrlashasan.
Zolim yoringni kechir,
Sevaverib tinch qo`ymayman,
So`zim yetarmikan ta`rifingga chirog`im.

Sening yoqimli nigohlaringni
Sog`indim, sog`indim.
O`sha sehrli qarashlaringni sog`indim,
E`tibor bilan tingla faryodim.

Oymomo, jonim bo`l, mayli ko`ray tunda,
Ay-yay-yay, termulay uxlamay.
So`zlari shirin, yoqimli yoqimtoyim,
Oy-yoy-yoy deb shunday erkalay. (x2)

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]