Скачать музыку и клип бесплатно » Текст песни (Qo'shiq matni) » Zamira Suyunova - Bir yaxshiga bir yomon qo`shiq matni

Zamira Suyunova - Bir yaxshiga bir yomon qo`shiq matni

Teng tengini topishi
Erur juda mushkul ish,
Bir yaxshiga bir yomon
Azaldan bitgan emish. (x1+x2)

Jahldor kimsalarga
Yumshoqqina yor tushar,
Beozor mo’minlarga
Dilozor ranj yetkazar. (x2)

Teng tengini topishi
Erur juda mushkul ish,
Bir yaxshiga bir yomon
Azaldan bitgan emish.

Biri saxiy ochiq qo’l,
Jonini ham ayamas.
Birida aslo yo’q yuz,
Kimligingga qaramas.

Biri tun-u biri kun,
Ammo yashashar bugun.
Ikki yarti bir bo’lib,
Qurishar hatto ustun.

Har nening teskarisi
Ba’zida mos tusharmish,
Qora, qizil ranglar
Bir-birin to’ldirarmish.

Teng tengini topishi
Erur juda mushkul ish,
Bir yaxshiga bir yomon
Azaldan bitgan emish. (x2)

Azaldan bitgan emish…
Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]