Zamzama - Yurak yig’lama qo`shiq matni

Atrofimda boru-yo`gim yashirgan, ey bir kam dunyo,
So`zlarimni ko`zlarimdan qarab bilsayding go`yo.
Qani endi umidlarim barchasi bo`lsaydi ro`yo,
Hasta dilim, ojiz qalbim shod etsayding dunyo.

Sen uchun bergandim, sevgilim borimni, borimni,
Bir bora so`rmading, ayt nega holimni? (x2)

Yurak yig`lama bir zumga, bir zumga, bir jumga,
Bardoshim yetmaydi, sabrim ham yetmaydi. (x2)

Qo`y yuragim qiynama o`zingni,
Dardim ichimda yonadi. (x2)
Alamli dunyo, azobli dunyo borimdan ayirma,
Yashash uchun bergan umring yo`llarin qayirma. (x2)

Yurak yig`lama bir zumga, bir zumga, bir jumga,
Bardoshim yetmaydi, sabrim ham yetmaydi. (x2)

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]