Ziyoda - Asalim qo`shiq matni
Yonaman ishqingda, tursam-da qarshingda,
 Ko`zlarimni tortar ko`zlaring.
 Sening vaslingga ketgandi bu ishqim,
 Vaslingga, yor, devonaman.
Lazzatu ishqqa parvoyim yo`q,
 Deb o`zimni ishontirardim.
 Sening bu ko`yingda
 Beg`ubor dilim yondi, jonim, yondi.
Qani, maning asalim,
 Qani, maning shakarim,
 Qani, mani diydoringga to`ydirgin! (x2)
Birga kezganda ko`cha,
 Havas qiladi necha,
 Bizning go`zal sevgimizga.
 To`ldirib dunyoni baxtga,
 Vafo qilaylik ahdga,
 Umr tilab sevgimizga.
Ko`zlaringga qarasam dilim yonar,
 Ikkimizni bu yo`l qay tomon oborar?
Qani, maning asalim,
 Qani, maning shakarim,
 Qani, mani diydoringga to`ydirgin! (x2)
Qani, maning asalim,
 Qani, mani diydoringga to`ydirgin! (x2)
Qani, maning asalim,
 Qani, maning shakarim,
 Qani, mani diydoringga to`ydirgin! (x2)

