Ziyoda - Bahor qo`shiq matni
Hayajonda kutib oldik bahorni,
 Ko`zlarda sevinch, qalblarda nahorni.
 Yonib-yonib dillarda sevinchlar,
 Qalblarda shirin, shirin xayollar.
Quyoshdan go`zal nurlar sochilar,
 Bog`larimda ochildi gullar.
 Bu ko`k bog`laringda go`zal g`unchalar,
 Yonadi-yonadi dilginam.
Bahor-bahor, kelding sen bahor,
 Sen qalblarga nur solding bahor.
 Go`zal bog`u atirgullarni
 Hidlarin taratding, sen bahor. (x2)
Dehqon bobolar, mehnat mo`l bo`lsin,
 Zaminimiz doim nurlarga to`lsin.
 Vatanim, jonu-dilim, o`zbegim,
 Bag`ringda insonlar yayrab kulsin.
Yurt boshimiz bor, yurtimiz tinchdir,
 Osmonimiz musaffo va tiniqdir.
 Bag`ringda o`sgan go`zal g`unchalar
 Yayraydi-yayraydi shunchalar.
Bahor-bahor, kelding sen bahor,
 Sen qalblarga nur solding bahor.
 Go`zal bog`u atirgullarni
 Hidlarin taratding, sen bahor. (x2+x2)
Bahorim…

