Ziyoda - Qaro ko’zlar qo`shiq matni
Holimni zabun etgan, o`rgilay, mastona qaro ko`zlar, (x2)
Aqlimni sochib ketgan, o`rgilay, janona shirin so`zlar. (x2)
Dildorim firoqida yondirdi, yurak yondi,
Bo`lmaydi namoyishkor, aylanay, gulshanda chaman yuzlar.
Bo`lmaydi namoyishkor, o`rgilay, gulshanda chaman yuzlar.
Sir izlab qaro tunda uyqumni xarob etdim,
Yozmishdim qaro kor ne bad, o`rgilay, oy qo`ynida yulduzlar.
Bir bo`lsa nasibamki, gulshanga havo bo`lding,
Oxir bu nechuk bedor, aylanay, rashk ayladi kunduzlar.
Oxir bu nechuk bedor, o`rgilay, rashk ayladi kunduzlar.
Holimni zabun etgan, o`rgilay, mastona qaro ko`zlar.
Читать также
Комментарии (0)