Zulayho Boyxonova - Dilimdagilar qo`shiq matni

Dilimni og`ritdi dilimdagilar,
Tunu kun nomlari tilimdagilar,
Oftobim, shamolim, selimdagilar,
Men ularni kechiray, bir qudrat bergin,
Allohim, mehringdan bir xilvat bergin.

Zaharlar keltirdi, sharoblar tutdim,
G`iybatlar uydirdi, itoblar tutdim,
Qasamlar ichdilar, savoblar tutdum,
Men ularni kechiray, bir qudrat bergin,
Allohim, mehringdan bir xilvat bergin.

Dasturxon to`rimda sharbat totdilar,
O`girildim ortimdan g`iybat otdilar,
Ular buncha meni oson sotdilar,
Men ularni kechiray, bir qudrat bergin,
Allohim, mehringdan bir xilvat bergin.

Dushmanim ayyordir, paytlar poylaydi,
Do`stim esa nodon, suvni loylaydi,
Ikkisi bir bo`lib ko`zim boylaydi,
Men ularni kechiray, bir qudrat bergin.

Jonimga jazodir jonimdagilar,
Ko`zimning qarog`i qonimdagilar,
Ey voh, begonadir yonimdagilar,
Men ularni kechiray, bir qudrat bergin,
Allohim, mehringdan bir xilvat bergin.

Aslida do`st ham bir dushmanning turi,
Dushmanning eng zo`ri, dushmanning sheri,
Chunki qo`lidadir ko`nglimning siri,
Men ularni kechiray, bir qudrat bergin,
Allohim, mehringdan bir xilvat bergin.

Boshimga balodur, balodur ko`nglim,
Bir so`zning tig`idan yarodur ko`nglim,
Do`stu dushman aro adodur ko`nglim,
Men ularni kechiray, bir qudrat bergin,
Allohim, mehringdan bir xilvat bergin.

O`zingdan yo`q o`zga mahrami jonim,
O`zingsan Sultonim, O`zing Xoqonim,
O`tda kuydirmagin ikki jahonim,
Men ularni kechiray, bir qudrat bergin,
Allohim, mehringdan bir xilvat bergin.

Men ularni kechiray, bir qudrat bergin,
Allohim, mehringdan bir xilvat bergin.

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]