Zulayho Boyxonova - Hay-hay qo`shiq matni
Shukurkim, ko`nglim osmoni uzra mahbubim ohim bor,
Misoli Ka`bai-olam degudek sajdagohim bor, dod-ay.
Qo`shiqqa to`ldirurman to`lmagan bo`lsa bu olamni,
Qo`limda sen degan torim, dilimda qancha ohim bor-ay.
Saboh rohatda uyg`onmish hamisha bulbul ohidin,
Mening ham endi bulbuldek ohim bor, sabohlardan guvohim bor.
Mening ham endi bulbuldek ohim bor, sabohlardan guvohim bor,
Dod-ay, dod-ay.
Yo`qlatmagan har kuning yilcha bo`lurmu, hay-hay,
Shunchalik shafqat bilmas, tilcha bo`lurmu, hay-hay?
(Xush) Surating bir nafas tinch qo`ymas xayolimni,
Ko`z shahloyu qoshi sanilcha bo`lurmu, hay-hay? (x2)
Har so`zi yuz andisha, qilg`il donoligingni,
Ko`ngilning nozikligi qilcha bo`lurmu, hay-hay?
Goh ajal, goh asaldek so`zlaring do`ndog`damon,
Jon olib, jon berguvchi shuncha bo`lurmu, hay-hay?
Vaslingni umididin dunyodan o`tib borgum,
Qanoatda Saida filcha bo`lurmu, hay-hay?
Vaslingni umididin dunyodan o`tib borgum,
Qanoatda Zulayho filcha bo`lurmu, hay-hay?
Yo`qlatmagan har kuning yilcha bo`lurmu, hay-hay,
Shunchalik shafqat bilmas, tilcha bo`lurmu, hay-hay?
Jon olib, jon berguvchi shuncha bo`lurmu, hay-hay?