Zulayho Boyxonova - Koshki qo`shiq matni
Yor yurgan ko`chaning farroshi bo`lsam koshki,
Har nafas men yonida yo`ldoshi bo`lsam koshki.
Bu chamanda uxlagan chog`i ko`ngul devoriga,
Naqsh etib tasvirini, naqqoshi bo`lsam koshki. {x2}
Kiprigim birlan silab xolin asta uyg`otib,
Tong nasimidek sahar sirdoshi bo`lsam koshki.
Kuyga tushsa pardaviy men shunda bo`lsam zarrasi,
Xuddi ko`z oldida o`ynar yoshi bo`lsam koshki. {x2}
Bu quyosh qadrini bilmasdan yumilsa qaysi ko`z,
Xanjar ursam qon dil, xaffoshi bo`lsam koshki.
Ishqning tarixida Farhod-u Majnun nomi bor,
Chust minor birla ular safdoshi bo`lsam koshki.
Yor yurgan ko`chaning farroshi bo`lsam koshki…
Читать также
Комментарии (0)