Zulayho Boyxonova - Olcha guli qo`shiq matni
Shamol silkib, olcha gulin
Ayamay to`kib ketdi,
Sevaverdim, sevging yurak
Choklarim so`kib ketdi.
Olcha gulin a`lo bilib,
Xazonni titib ketdi,
Hislarimni dorga ilib,
Yuragim sitib ketdi.
Sharqiragan soyning suvi
O`padi qirg`oq poyin,
Kuragimdek taxtni tashlab,
Poygakmi borgan joying?
Oymomoni oyimsiz deb,
Yulduzdan hol so`raymi?
Sen o`zgaga qarab ketsang,
Peshonamdan ko`raymi?
Majnuntolning suvga yetmay,
Sabri sindi zorlanib.
Sevar edim jondan ortiq,
Aytolmadim orlanib.
Ketgan bahor qayta-qayta
Kelaverar uyalmay,
Ko`ngil berib qo`yganimni-yey,
Armondaman suyolmay.
Armonlarni ohga bog`lab,
Halinchak qilib uchdim.
Dedim “rozi bo`lsin onam”,
Sevmagan yorni quchdim.
Dardlarimni ko`tarolmay
Halinchak ham uzilmasin,
Qizlar sevmay rozi bo`lmang –
Baxt uyi hech buzilmasin.
Armonlarni ohga bog`lab,
Halinchak qilib uchdim.
Dedim “rozi bo`lsin onam”,
Sevmagan yorni quchdim.
Shamol silkib, olcha gulin
Ayamay to`kib ketdi,
Sevaverdim, sevging yurak
Choklarim so`kib ketdi.
Olcha gulin a`lo bilib,
Xazonni titib ketdi,
Hislarimni dorga ilib,
Yuragim sitib ketdi.