Zulayho Boyxonova - Rashk qo`shiq matni
Men sizni rashk qilsam ranjimang,
Ko`zlarim yosh yutib to`ymaydi. (x2)
Kutishdan shunchalar charchadim-ey,
Yuragim titrashni qo`ymaydi.
Muhabbat baridan ulug`dir,
Men o`zim aslida yo`qdayman.
Tunlarim siz bilan yorug`dir,
Nishonga otilgan o`qdayman.
Men sizni rashk qilsam ranjimang,
Ko`zlarim yosh yutib to`ymaydi.
Kutishdan shunchalar charchadim,
Yuragim titrashni qo`ymaydi.
O`stirgan gullarim yanchilib,
Dard sola boshlaydi g`unchalar.
Kimningdir ko`ksida sanchilib,
Yashamoq og`irmi shunchalar?
Muz bo`ling – yiqilay sirg`anib,
O`zimga tosh oting chidayman.
Men sizni kimdandir qizg`onib,
Rashk qilib yig`lasam ranjimang.
Men sizni rashk qilsam ranjimang,
Ko`zlarim yosh yutib to`ymaydi.
Kutishdan shunchalar charchadim-ey,
Yuragim titrashni qo`ymaydi.
Kutishdan shunchalar charchadim,
Yuragim titrashni qo`ymaydi.