Bojalar guruhi - Boyvachcha qo`shiq matni

Boyvachcha!

Nega qizlar qilishadi mani-mani g`iybatim,
Chunki ularga yoqadi zo`r kelishgan qomatim.
O`ziga rom etadi mani husni-malohatim,
Zamonaviy “boyfriend”man, boyvachcha.

Bitta qizcha xafa qildi, shu bo`ldimi hurmatim?
Bugun kechirim so`radi, men esa kechirmadim.
Balandparvoz qizchalarga yo`qdir mani toqatim,
Zamonaviy “boyfriend”man, boyvachcha.
Boyvachcha!

Boyvachcha deyishadi kaminani,
Boyvachcha, hamma bilishadi mani.
Boyvachcha, ko`cha bolasi, chapani,
Boyvachcha, pulim mani yo`q. (x2)

Nega qizlar qilishadi doim mani g`iybatim,
Tag`in yonida ko`tarib yurishadi suratim?
Ijobiy buning hammasiga mani munosabatim,
Men haqiqiy “boyfriend”man, boyvachcha.

Sevgi bobida hamisha yurishadi omadim,
Lekin bitta qizcha bor, uni ilintirolmadim.
Balandparvoz qizchalarga yo`qdir mani toqatim,
Zamonaviy “boyfriend”man, boyvachcha.
Boyvachcha!

Boyvachcha deyishadi kaminani,
Boyvachcha, hamma bilishadi mani.
Boyvachcha, ko`cha bolasi, chapani,
Boyvachcha, pulim mani yo`q. (x2)

(Kimsan, boyvachcha Nazarbek city, yo,
Hurmati baland yosh bolaligidan.
Mahallada kapitan, to`da boshi, boyvachcha,
Toza oqibati bor, bola ko`cha ko`rgan.

Bola uddaburon, bola hozirjavob,
Super, “модный чувак”, To`xtasin boyvachcha, yo.
Chekinmagan ortiga hech qachon hali,
Xullasi kalom, To`xtasin “непростой” bola.)

Boyvachcha deyishadi kaminani,
Boyvachcha, hamma bilishadi mani.
Boyvachcha, ko`cha bolasi, chapani,
Boyvachcha, pulim mani yo`q. (x3)
Boyvachcha!

Комментарии (1)
Bojalar 06.01.22
Boyvachcha
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]