Bojalar guruhi - Jamshid qo`shiq matni

Osharga ham, hasharga ham borasan,
Hazillashib chaqirsa ham borasan,
Ey, bitta og`iz shirin so`zli bolasan-ey,
Jamshid (hey, Jamshid).

Yozda issiq, qishda sovuq bilmading,
Kasal bo`lib bahona ham qilmading,
Bo`ydoq yurganda ham “gulyat” qilmading-ey,
Jamshid (hey, Jamshid).

Hamma sani biladi-yu, san o`zingni bilmaysan, Jamshid,
(Ha, ha, ha, ha Jamshid)
Yaxshini ham, yomonni ham oshna bilasan-ey, Jamshid.
(Ha, ha, ha, ha Jamshid)

Hilolani Farg`onaga kuzatding,
Zubaydani Xorazmga kuzatding,
Yor-yor aytib qancha qizni uzatding-ey,
Jamshid, voy-yo Jamshid.

Qarzing Xitoydagi odamdan ham ko`p,
Saqich, qurut, pista, bodomdan ham ko`p,
Ey, Captiva-yu, Malibular Photoshop,
Jamshid (hey bo`lmabdi-ey, Jamshid).

Hamma sani biladi-yu, san o`zingni bilmaysan, Jamshid,
(Ha, ha, ha, ha Jamshid)
Yaxshini ham, yomonni ham oshna bilasan-ey, Jamshid.
(Ha, ha, ha, ha Jamshid)

Telegramda gruppalarni qiynading,
Kuchsizlarning ustidan sen kulmading,
To`ylarda-chi “medlyak”ga ham o`ynading-ey,
Jamshid (hey, gazni bos, Jamshid).

Hamma sani biladi-yu, san o`zingni bilmaysan, Jamshid,
(Ha, ha, ha, ha Jamshid)
Yaxshini ham, yomonni ham oshna bilasan-ey, Jamshid.
(Ha, ha, ha, ha Jamshid)

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]