Bojalar guruhi - Janona qo`shiq matni
Janona…
Loy, usti boshim bo`ldi voy,
Otaverma buncha loy,
Suvoqchini qizimisan, ay-ay-ay-ay. (x2)
Mahallada bugun hashar, hamma erta yo`l olgan,
Qo`llarida lopatka, tesha, ketmon olvolgan.
Yerlar chopilgan, daraxtlar ekilgan,
Mahalla raisi uyining oldiga gul ekish kerak ekan.
Voy manmi? Eshon aka, kerakmasu.
Qo`lda atirgul ekanamu ketaman,
Raisimiz qizi bor, chiqib qolsa netaman?
Kecha kuni ko`rishuvdik, jahl bilan urishuvdik,
Ko`rsa boplayman degandi, loy bilan chaplayman degandi.
Atirgul eka olmadim mahalla raisi uyi oldiga,
Qattanam qizi bilan urishgandim, loylar bilan soldi-ya.
Janona…
Loy, usti boshim bo`ldi voy,
Otaverma buncha loy,
Suvoqchini qizimisan, ay-ay-ay-ay. (x2)
Uzr desam tushunmaydi, namuncha qaysar?
Bitta gapim eshitmaydi, tinmayin vaysar.
Asalim mani, tili zaharim mani,
Bred Pitting bo`lay, Anjelikam bo`l mani.
Yuragimni qiynama endi voy-voy,
Asabimga tegaverma, bo`lma erkatoy.
Hamma yog`im loy-loy, hamma-hamma yog`im loy,
“Ippodrom”dan yangi olgan shimim bo`ldi loy.
Atirgul eka olmadim mahalla raisi uyi oldiga,
Qattanam qizi bilan urishgandim, loylar bilan soldi-ya.
Janona…
Loy, usti boshim bo`ldi voy,
Otaverma buncha loy,
Suvoqchini qizimisan, ay-ay-ay-ay. (x2)
Janona…
Loy, usti boshim bo`ldi voy,
Otaverma buncha loy,
Suvoqchini qizimisan, ay-ay-ay-ay. (x2)