Bojalar guruhi - Jiyda gullaganda qo`shiq matni

Erta bahor yomg`irlar yog`ganda,
Ko`cha atrof gullar bilan to`lganda,
Ertalabdan magazindan qaytarman,
Kecha yozgan ashulamni aytarman.

Bir go`zal qiz turar edi bekatda,
Qani men ham paydo bo`lsam o`shatda.
Qo`limda non, sochlarim bir axvolda,
Usti-boshim hamma achinarli bir holda.

Bahor kelib jiyda gullaganda
Asalari qo`nar ekan gullarga.
Sevgi humor, salom sevishganlarga,
Ishlar qaley, привет janonalarga.

Шестсотый mersim bo`lganida mani
Manziliga eltardim bu qizchani.
Aylantirib moshinamda yurardim,
Signal chalib ko`chalarni kezardim.

Lekin afsus, hatto xushtagim yo`qdir,
Buzuq мопед, do mersa mne uzoqdir.
Qizning ko`zi qandaydir bir kitobda,
Sho`r peshonam yaltiraydi oftobda.

Bahor kelib jiyda gullaganda
Asalari qo`nar ekan gullarga.
Sevgi humor, salom sevishganlarga,
Ishlar qaley, привет janonalarga. (x3)

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]