Bojalar guruhi - Lol bo’laman qo`shiq matni

Oh mani dilbarim, ko`zlari xulkarim,
Har kecha husniga lol bo`laman.
Lol bo`lib, anqayib, jim turib, tirjayib,
Hayratdan tilim bemajol bo`laman.

Qomatiga har qanaqa matodanam
Kiyim kiysa yarashadir,
Ey, hammasidan boshqacha
Bu marg`iloncha atlasiga lol bo`laman.

Lol bo`laman, lol bo`laman-ey,
Marg`iloncha atlasiga lol bo`laman.
Lol bo`laman, lol bo`laman-ey,
Marg`iloncha atlasiga lol bo`laman.

Oh buncha nozanin, mulozamati shirin,
Jilmayib so`z desa, lol bo`laman.
Jahl qilib, lab burib, begonaga rashk qilsa,
Sahargacha she`r yozib, bedor bo`laman.

Hovliga suv sepganda, qo`ni-qo`shni chiqqanda,
Salom berib, choy uzatsa yarashadir.
Jazavasidan tushib yana,
Atlas ko`ylak kiyib chiqsa, lol bo`laman.

Lol bo`laman, lol bo`laman-ey,
Marg`iloncha atlasiga lol bo`laman.
Lol bo`laman, lol bo`laman-ey,
Marg`iloncha atlasiga lol bo`laman.

Xo`p, xo`p, xo`p jon aka, Toshkentdan Farg`onaga,
Yo`l-yo`lakay “pereval”da choyxonada osh bor, aka.
Oboramiz-ey, oboramiz-ey, qatga desayiz oboramiz-ey,
Faqat yo`lda 45 minut “zaprav”ka qivolamiz-ey.

Lol bo`laman, lol bo`laman-ey,
Marg`iloncha atlasiga lol bo`laman. (x3)

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]