Bojalar guruhi - Muhabbat qo`shiq matni

Ko`zimga ko`rinmaydi
O`zingdan o`zgalar,
Shomu shahar tinmaydi
Qalbimdan nolalar.
Ozdim ishqingda
Devona bo`ldim, ozori jonim.

Benatija holimni
Oxir yengar qayg`u,
Unutdim bu olamni,
So`ndi so`roq ezgu.
Sensiz netaman
Oltin tog`larni, ozori jonim.

Angladim, oxir keldim
Men aqli malomat,
Vaslingni maqsad qildim –
Yo`q bo`ldi xalovat.
Kel yuragimga,
Karomatingsiz so`nmoqda jonim.

Yuzlarimni namlaydi
Ko`zdan ortgan dardim,
Ne kuylarga jamlaydi
Taqdir nomli taqdim.
Qodirim Egam,
Sol nazaringni, so`nmoqda jonim.

Angladim, oxir keldim
Men aqli malomat,
Vaslingni maqsad qildim –
Yo`q bo`ldi xalovat.
Kel yuragimga,
Karomatingsiz so`nmoqda jonim. (x2)

Kunlarim yorishmaydi,
Tunlarim zim-ziyo,
Xayolimdan ketmaydi
O`zingday dilrabo.
Ko`nglim har nafas
Bir mamnun, bir xun, talabim ohim.

Benatija holimni
Oxir yengar qayg`u,
Unutdim bu olamni,
So`ndi so`roq ezgu.
Sensiz netaman
Oltin tog`larni, ozori jonim.

Angladim, oxir keldim
Men aqli malomat,
Vaslingni maqsad qildim –
Yo`q bo`ldi xalovat.
Kel yuragimga,
Karomatingsiz so`nmoqda jonim.

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]