Bojalar guruhi - Nilufar qo`shiq matni
Ming to`qqiz yuz to`qson ikkinchi yil,
So`nggi qo`ng`iroq paytida gruppa Bojalar
“Nilufar” qo`shig`ini boshlaydi.
Gruppa Bojalar oyoqlarida Shanxay cheshka,
Chanel futbolkalari bilan.
Qani Bojalar, boshladik!
Maktab chog`larimni eslab, qiynalar qalbim,
Sevgim izhor qilolmagan o`tgan kunlarim.
So`nggi qo`ng`iroq chalingan kunda turarding jilmayib,
Yoningga men borolmadim, jonim, uyalib.
Kerak edi qora ko`zlar, bu shirin so`zlar,
Nilufarim, nilufarim, bu shirin so`zlar.
Kerak edi qora ko`zlar, bu shirin so`zlar,
Nilufarim, nilufarim, bu shirin ko`zlar.
Esingdami, ko`prik usti tushgan suratlarim,
Qo`l ushlashib anhor bo`ylab yurgan kunlarim.
Esingdami, rashking keltirib, Nargizga gap otganlarim,
Yo`lingni to`sgan Baxti bilan mushtlashganlarim.
Kerak edi qora ko`zlar, bu shirin so`zlar,
Nilufarim, nilufarim, bu shirin so`zlar.
Kerak edi qora ko`zlar, bu shirin so`zlar,
Nilufarim, nilufarim, bu shirin ko`zlar.
(Manga Bojalarni kassetasi yoqmaydi.
Yo`q, yoqadi qo`shiqlari, lekin
Chaynalgan kassetasi yoqmaydi.
“I voobshe”, manga plastinka bergin, Bojalar…)
Kerak edi qora ko`zlar, bu shirin so`zlar,
Nilufarim, nilufarim, bu shirin so`zlar.
Kerak edi qora ko`zlar, bu shirin so`zlar,
Nilufarim, nilufarim, bu shirin ko`zlar.
(Plastinka uchun katta rahmat, “spasibo”!)