Bojalar guruhi - To’ylar muborak qo`shiq matni

Mehmonlar qalay, yaxshi o`tiribsizlarmi?
Tinchmi, sog`liklar yaxshimi,
Kamchiliklar yo`qmi?
Hammasi yaxshi, yetarli.

Kamchiliklar bo`lsa,
Ha endi to`ychilikda, to`ychilik.
Yaxshi niyatda to`ylar qildik,
Mehmon bo`ldi ko`pchilik.

Yor-yor, yoroney,
Yor-yoringdan o`rgilay.
Kostyum-shimlar modniy-modniy,
Bo`ylaringdan o`rgilay.

Yor-yor, yoroney,
To`ylar bo`lsin muborak.
Qistir-qistir shart emas,
To`ylar bo`lsin chiroyli.

Yor-yorey,
To`ylaringiz bo`lsin muborak,
Kostyum-shimlar modniy-modniy,
Bo`ylaringdan o`rgilay.

Yor-yorey,
Modniy kostyum-shimlar muborak,
Dang`ir-dung`ir to`ylar qilgan
O`zbegimdan o`rgilay.

Kuyov bola, qalay?
Tabriklaymiz, Xudo quvvat bersin.
Fayzu-barakali bo`lsin,
Uvali-juvali.

Qani sozanda, xonanda, karnay-surnay,
Sho`xidan o`ynab chal,
Xay, qani ikki yosh baxti uchun
Hamma davrada, o`ynamagan kal.

Yor-yor, yoroney,
Yor-yoringdan o`rgilay.
Kostyum-shimlar modniy-modniy,
Bo`ylaringdan o`rgilay.

Yor-yor, yoroney,
To`ylar bo`lsin muborak.
Qistir-qistir shart emas,
To`ylar bo`lsin chiroyli.

Yor-yorey,
To`ylaringiz bo`lsin muborak,
Kostyum-shimlar modniy-modniy,
Bo`ylaringdan o`rgilay.

Yor-yorey,
Modniy kostyum-shimlar muborak,
Dang`ir-dung`ir to`ylar qilgan
O`zbegimdan o`rgilay.

(Qani hamma davrada o`ynasin,
Yangrar “To`ylar muborak”,
To`y-to`ylar muborak,
To`y, to`y-to`ylar muborak.

Kostyum-shimli sho`x bolalar,
To`ylar bo`lsin muborak.
Xey muborak, muborak,
To`ylar bo`lsin muborak.)

Yor-yor, yoroney,
Yor-yoringdan o`rgilay.
Kostyum-shimlar modniy-modniy,
Bo`ylaringdan o`rgilay.

Yor-yor, yoroney,
To`ylar bo`lsin muborak.
Qistir-qistir shart emas,
To`ylar bo`lsin chiroyli.

Yor-yorey,
To`ylaringiz bo`lsin muborak,
Kostyum-shimlar modniy-modniy,
Bo`ylaringdan o`rgilay.

Yor-yorey,
Modniy kostyum-shimlar muborak,
Dang`ir-dung`ir to`ylar qilgan
O`zbegimdan o`rgilay.

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]