Bojalar guruhi - Umr o’tmoqda qo`shiq matni
Rangi o`chgan ko`ylagim,
Titroqdadir qo`llarim,
Oq oralab sochlarim
O`tar bo`ldi umrim.
Holsiz tanda majolim,
Xira tortib ko`zlarim,
Atirgulim, jon gulim,
Umrim o`tmoqda manim.
Yoshlik chog`im qani?
Baddod holim mani,
Bilmadi jon, sezmadi jon,
O`tdi umrim mani.
Bilmadi jon, sezmadi jon,
O`tdi umrim mani.
Qarovsiz holim,
Madorsiz jonim,
Yuragimda dard,
Ketar bo`ldim firoq.
Oqar daryo derdim,
Zorimni tingladi,
Bilmadi bor, bilmadi yo`q,
Borlig`im mani qani?
Yoshlik chog`im qani?
Baddod holim mani,
Bilmadi jon, sezmadi jon,
O`tdi umrim mani.
Bilmadi jon, sezmadi jon,
O`tdi umrim mani.
Safarim qarib qoldi, dilbarim,
Atirgulim, jon gulim mani,
Atirgul ildiz otaveradi,
Ammo inson qaytmay jon o`taveradi.
Holsiz tanda majolim,
Xira tortib ko`zlarim,
Atirgulim, jon gulim,
Umrim o`tmoqda manim.
Yoshlik chog`im qani?
Baddod holim mani,
Bilmadi jon, sezmadi jon,
O`tdi umrim mani. (x2)
Bilmadi jon, sezmadi jon,
O`tdi umrim mani.
O`tdi umrim mani…