Manzura - Afsusdaman qo`shiq matni

Afsusdaman, afsusdaman,
Bir qushchaman, afsus, afsus.

Shahar shovqinida
Kezaman ko`chalarni yolg`iz.
O`tar kecham, o`tar kunduz,
Lekin ular bema`nodir sensiz.

Sokinlik cho`madi,
Atrofimni ko`madi hijron,
Aloqalar uziladi,
Taqdirimiz kechmas ekan oson.

Ko`nglim senda edi,
Bardoshim qolmadi.

Afsusdaman, aytgan so`zlarimdan o`zim,
Afsusdaman, sendan voz kechishim lozim.
Bir qushchaman, sen tomonga yo`q parvozim,
Afsus, afsus, afsusdaman.

Afsusdaman, aytgan so`zlarimdan o`zim,
Afsusdaman, sendan voz kechishim lozim.
Yomg`irlarday to`kilar ko`zimdan yoshim,
Afsus, afsus, afsusdaman.

Foydasiz va`dalar,
Samimiy sevaman desang bas,
Bu so`zlaring yuragimda,
Masofani his etmay bir nafas.

Xatolardan qochib,
Sevgingdan izlagandim panoh,
Sendami yo menda gunoh?
O`ylanib qolarman nogoh.

Ko`nglim senda edi,
Bardoshim qolmadi.

Afsusdaman, aytgan so`zlarimdan o`zim,
Afsusdaman, sendan voz kechishim lozim.
Bir qushchaman, sen tomonga yo`q parvozim,
Afsus, afsus, afsusdaman.
Afsusdaman, aytgan so`zlarimdan o`zim,
Afsusdaman, sendan voz kechishim lozim.
Yomg`irlarday to`kilar ko`zimdan yoshim,
Afsus, afsus, afsusdaman. (x1+x1)





Похожие песни и клип

Название и исполнитель БитрейтДата Скачать
Rayhon - Afsus qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 22:22Скачать
Jasur G`oipov - Bu yomg’irmas qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 21:38Скачать
Manzura - Afsusdaman (Video klip)128 kbps19-10-2016, 15:11Скачать
Ummon - Ming afsus qo`shiq matni128 kbps11-10-2016, 01:06Скачать
Manzura - Afsus 128 kbps15-01-2015, 18:28Скачать

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку 2017 бесплатно.