Manzura - Azizim qo`shiq matni

Azizim, ko`k ichra hiloling bo`lib,
Kelsang – yo`l, kelmasang madoring bo`lib,
Xayol ichra topgan haloling bo`lib,
Bir yorug` o`ylardan seni tiladim.

Azizim, eng shirin xayoling bo`lib,
Vaslingga talpingan ozoring bo`lib,
Yor bo`lib bir senga, ham zoring bo`lib,
Bir og`riq o`ylardan seni tiladim.

Sevgilim, sog`ingan timsoling bo`lib,
Tushlaringdan so`rgan savoling bo`lib,
Aldasang-avrasang, uvoling bo`lib,
Ishonib seni bir baxtdan so`radim. (x2)

Azizim, tilagim tillolar bo`ldi,
Nigohing, nigohing olovlar bo`ldi,
Ishq degan boshimga balolar bo`ldi,
Anbari bo`ylardan seni tiladim.

Azizim, shoh edim, gadolar bo`ldim,
Jon edim, joningga fidolar bo`ldim,
Sen menga boqmasang, adolar bo`ldim,
Bir hazin kuylardan seni tiladim.

Sevgilim, sog`ingan timsoling bo`lib,
Tushlaringdan so`rgan savoling bo`lib,
Aldasang-avrasang, uvoling bo`lib,
Ishonib seni bir baxtdan so`radim. (x2+x2)

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]