Manzura - Bevafo qo`shiq matni

Baxtga to`lib o`zga qiz,
Bugun senga yor bo`lar,
Mening kuygan yuragim,
Bir umrga zor bo`lar.

Kuyovlik libosida,
Shodon kulib turarsan,
Menga endi, sevgilim,
Sen begona bo`larsan.

Nega bevafo, aldading meni sen?
Jonimdan ortiq, sevgandim seni men.
Ko`zlarimda yosh, zor qoldim yig`lab men,
Kechalari tanho, sevgimni o`ylab men.

Nega bevafo, aldading meni sen?
Jonimdan ortiq, jonim, sevgandim seni men.
Ko`zlarimda yosh, zor qoldim yig`lab men,
Kechalari tanho, sevgimni o`ylab men.
Yolg`iz men.

Zor aylading sevgimni,
Meni aldab bag`ritosh,
O`zgacha yor bo`larsan,
Botar qalbimda quyosh.

Sen shodonsan, baxtiyor,
Mening ko`zlarimda yosh,
Senga vafodor bo`lsin,
Yoningdagi qalamqosh.

Nega bevafo, aldading meni sen?
Jonimdan ortiq, sevgandim seni men.
Ko`zlarimda yosh, zor qoldim yig`lab men,
Kechalari tanho, sevgimni o`ylab men. (x2)

Ko`zim yoshlanib, yuragimda alamlar,
Dillarimni yoqib ketarsan, meni unutibsan.

Nega bevafo, aldading meni sen?
Jonimdan ortiq, jonim, sevgandim seni men.
Ko`zlarimda yosh, zor qoldim yig`lab men,
Kechalari tanho, sevgimni o`ylab men.

Nega bevafo, aldading meni sen?
Jonimdan ortiq, ey, sevgandim seni men.
Ko`zlarimda yosh, zor qoldim yig`lab men,
Kechalari tanho, sevgimni o`ylab men.
Yolg`iz men.

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]