Manzura - Judayam sog’indim qo`shiq matni

Tanamning bir bo`lagi,
Qalbimning sokin zarbi –
Sening o`zingsan faqat.

Ko`zlarimga qarama,
Tandan jonimni uzma,
Yoring bo`lay, ber fursat.

So`ra mening o`zimdan –
Kunduzingda kun bo`lay, hay.
Sen ustunsan jondan,
Tunlaringda oy bo`lay, hay.

(Judayam sog`indim… judayam…
Mani jonim… sevgilim…
Sevgilim… Muhabbatim…)

Sog`inaman seni eslab,
Sog`inaman olam bo`ylab, jonim.
Sog`inaman har dam, har on,
Sog`inaman dardim osmon, jonim.

(Oramizda teran dengizlar,
Yetib bo`lmas manzil-masofalar,
Osmonimni qopladi bulutlar,
Qara, qara.)

Nega rahming kelmaydi,
Chorlamaysan yoningga, hay?
Qalbim seni so`raydi,
Sol nazar nochoringga, hay.

Sog`inaman seni eslab,
Sog`inaman olam bo`ylab, jonim.
Sog`inaman har dam, har on,
Sog`inaman dardim osmon, jonim.

(Mani jonim, muhabbatim…
Mani jonim… Rostdan sog`indim…
Sevgilim… Judayam sog`indim…)

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]