Manzura - Onalar qo`shiq matni

To tonggacha ertaklar aytgan,
Betob bo’lsak ko’z yoshin yutgan,
Kelmay qolsak betoqat kutgan,
Sadoqatli munis onalar. (x2)

Onalar, onajonlar,
Poyi jannatmakonlar,
Onalar, onalar,
Munis, mehribonlar. (x2)

Kunning jilosi yuzingizda,
Tunlar qarosi ko’zingizda,
Hayot ma’nosi so’zingizda,
Alla aytgan munis onalar.

Ona bo’lsa dunyo ustuni,
Avlod yashar ardoqlab uni,
Bu dunyoning eng yorug’ kuni,
Ahli jannat munis onalar.

Onalar, onajonlar,
Poyi jannatmakonlar,
Onalar, onalar,
Munis, mehribonlar. (x2)

Aytgan so’zi tilak-duodir,
Farzandlarga joni fidodir,
Dilda iymon, tilda Xudodir,
Mehri daryo, munis onalar. (x2)

Onalar, onajonlar,
Poyi jannatmakonlar,
Onalar, onalar,
Munis, mehribonlar. (x2)




Похожие песни и клип

Название и исполнитель БитрейтДата Скачать
Shahzoda - Ona qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 22:27Скачать
Yodgor Mirzajonov - Onalar qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 22:12Скачать
Yodgor Mirzajonov - Onalar | 2015128 kbps9-08-2015, 20:45Скачать
Olmaxon Xayitova - Onalar 128 kbps13-01-2015, 12:21Скачать
Hosila - Onalar128 kbps3-01-2015, 10:01Скачать

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку 2017 бесплатно.