Manzura - Qizg’onaman qo`shiq matni
Osmondagi oy bo`lmasang,
 Nega qizg`onaman?
 Tillosi ko`p boy bo`lmasang,
 Nega qizg`onaman?
Sochim o`pgan soy bo`lmasang,
 Nega qizg`onaman?
 Minib ketsa toy bo`lmasang,
 Nega qizg`onaman?
Captivali boy bo`lmasang,
 Nega qizg`onaman?
 Ishq o`tida yonmasa qalbing,
 Nega yonaman?
Nega yonaman (hey), nega yonaman (hey),
 Nega sevaman?
Tog`larni Farhodday buzmasang,
 Cho`llarni Majnunday kezmasang,
 Baribir Shirin, Layli singari,
 Yorim, sevaman seni (hey). (x2)
Rostini aytsam, savlating ham
 Alpomishdek emas.
 Barchinoyga munosib yor
 Seni hech kim demas.
Lekin mening ishqim senga
 Bir umrga bilsang,
 Ko`z ochganda o`tib ketar
 Shirin tushdek emas.
Captivali boy bo`lmasang,
 Nega qizg`onaman?
 Ishq o`tida yonmasa qalbing,
 Nega yonaman?
Nega yonaman (hey), nega yonaman (hey),
 Nega sevaman?
Tog`larni Farhodday buzmasang,
 Cho`llarni Majnunday kezmasang,
 Baribir Shirin, Layli singari,
 Yorim, sevaman seni (hey). (x2+x2)

