Manzura - Sen yengilding qo`shiq matni

Rangsiz endi mening shirin orzularim,
Bunga majbur qildi soxta tuyg`ularing.

O`n yetti yoshmasman,
O`yinlaring uchun foydalanmagin,
Boshqasini top!

Qaytmayman sen tomon,
Tan olging kelmaydi,
Yozib bo`lindi bizlarning kitob.

Sen yengilding, o`-o`-o`,
Menga endi farqi yo`-o`-o`q,
So`nggi so`zlarim –
Xayr! Alvido-o-o! (x2)

Go`yo mening osmonimda so`ndi quyosh,
Lek mag`rurman, qaytmayman ham,
Egmayman bosh!

Aldashga urinma, ko`zimga ko`rinma,
Sen uchun yopiq qalbim eshigi.

Qaytmayman sen tomon,
Tan olging kelmaydi,
Aytib bo`lindi sevgi qo`shig`i.

Sen yengilding, o`-o`-o`,
Menga endi farqi yo`-o`-o`q,
So`nggi so`zlarim –
Xayr! Alvido-o-o! (x2)

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]