Manzura - Sevardim takror qo`shiq matni

Bizni bog`lovchi ko`priklar,
G`amga to`la bu kipriklar,
Jimgina, ovozsiz yig`lar.
Yuguraman xayol tomon,
Xayollarimda sen hamon,
Orqaga chekinar armon.
(Boraman sen tomon)

Agar qayta tug`ilishga imkon
Bo`lganida edi yana bir bor,
Sevar edim yolg`iz o`zingni,
Seni sevardim takror-takror. (x2)

Bog`larim sensiz xazon,
Yana izlab seni sarson,
Ko`zlarim yo`lingda, ishon.
Sevgingsiz yashayin qandoq?
Cho`kadi sog`inchga nigoh,
Bu tun menga qayg`u hamroh.
(Qayg`u menga hamroh)

Agar qayta tug`ilishga imkon
Bo`lganida edi yana bir bor,
Sevar edim yolg`iz o`zingni,
Seni sevardim takror-takror. (x2)

Yulduzlarga tikilib, seni esladim,
Dengizlarga termulib, seni esladim.
Sog`indim, sado ber, qaydasan?
– “Men yonginangdaman…”
– “Yonginamda? Nega unda seni ko`rmayapman?”
– “Qalbingga nazar sol!”

Agar qayta tug`ilishga imkon
Bo`lganida edi yana bir bor,
Sevar edim yolg`iz o`zingni,
Seni sevardim takror-takror. (x2)

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]