Manzura - Tasodif emas qo`shiq matni
Asir etib, meni tutqun etib,
Qiynaydi sevgi hijroni.
Ayriliqdan o`tib va manzilga yetib,
Uchrataman seni, jonim.
Maxfiy nigohlar, so`zlashadi qalblar,
Tillarimiz esa ojiz.
Yonimdan hech ketmasang bas,
Bir zumga seni yo`qotgim kelmas.
Tasodif emas uchrashuvimiz,
Samoda yonar baxt yulduzimiz,
Taqdirim sensan, menman taqdiring,
Ertaging menman, menman ertaging. (x2)
Tasodif emas… (x2)
Tuyg`ular cheksiz, bilmas chegara,
Hech narsa emas to`siq.
Ko`zlarimga sen bir bora qara,
Armonda qolsin ayriliq.
Yonimdan hech ketmasang bas,
Bir zumga seni yo`qotgim kelmas.
Tasodif emas uchrashuvimiz,
Samoda yonar baxt yulduzimiz,
Taqdirim sensan, menman taqdiring,
Ertaging menman, menman ertaging. (x2)
Tasodif emas… (x3)
Читать также
Комментарии (0)