Manzura - Tushlarimga kir qo`shiq matni
Osmon ham mahzun, yolg`izlik uzun,
Yana mehringsiz o`tmoqda tun.
Umidim yig`lar, so`ndi orzular,
Sevgimiz muzlar ro`yolardan.
Tushlarimga kir, erkalab gapir,
Men ham aytaman dil izhorim.
Tark etma meni, shirin tushimni,
Qanchalar kutdim yo`g`u-borim.
Qayg`urmagin men haqimda,
Neki bo`lsa, bu taqdirdan.
Yonma-yon emas bu yo`llarimiz,
Senga qarayman, olisdan jim.
Uyg`ongim kelmas, yo`qotgim kelmas,
Tomadi tinmay bu ko`z yoshim.
Tushlarimga kir, erkalab gapir,
Men ham aytaman dil izhorim.
Tark etma meni, shirin tushimni,
Qanchalar kutdim yo`g`u-borim.
Qayg`urmagin men haqimda,
Neki bo`lsa, bu taqdirdan. (x1+x1)
Читать также
Комментарии (0)